Buxoro yangiliklari

Buxoroda kontrafakt dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga tushdi

Foto: Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi

Viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan DXX, IIB va IJQKD xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida kuzatuv ostidagi shaxs 5,9 mln so‘m evaziga “Metotreksat Ebeve” va “Immunoglobulin” nomli kontrafakt dori vositalarini sotayotgan vaqtida ushlandi.

Shundan so‘ng fuqaro faoliyat yuritgan dorixona va omborxona ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv natijasida umumiy qiymati 140 mln so‘mlik, 126 turdagi, jami 982 quti hujjatsiz dori vositalari aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, “Metotreksat Ebeve” asosan onkologik kasalliklar va og‘ir revmatoid artritni davolashda qo‘llaniladi.

“Immunoglobulin” esa organizmning immun tizimini mustahkamlash va infeksiyalarga qarshi kurashishda muhim preparat hisoblanadi.

Biroq ushbu dorilarning kontrafakt shakli, ya’ni sifati tasdiqlanmagan nusxalari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version