Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (06.04.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 6-aprel, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun yo‘lingizdan noodatiy, noan’anaviy ishlar chiqsa, sira ikkilanmay ularni bajarishga kirishavering.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Bugun ayollar uchun go‘zallik saloniga mo‘ralab o‘tish, mehmon kutish va safarga otlanish muvaffaqiyatli kechadi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda hamkorlikka hech kimni taklif etmang. Bu ishlarni yolg‘iz o‘zingiz ham a’lo darajada uddalay olasiz

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Muhabbatda juftingizning sadoqatiga yana bir karra amin bo‘lishingiz kutilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, kun davomida omadning o‘zi sizni quvlab vaqt o‘tkazadi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Kunning birinchi yarmidanoq juda ko‘pchilikning diqqat-e’tiboriga tushasiz, son-sanoqsiz xushomadlarni qabul qilib olasiz

Parizod (24.08 — 23.09)

Bugun ish joyingizdagi yumushlarni tushga qadar uddalashga harakat qiling.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Taqiqlovdagi amallar va hayotingizda ortiqcha hisoblangan harakatlardan voz keching.

Chayon (24.10 — 22.11)

Oilaviy hayotda yaqinlaringizdan biri bilan janjallashib qolishingiz xavfi sezilyapti. Buning oldini olish uchun kechqurun uyga qaytiboq yolg‘iz qoling.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Kun davomida biror qo‘ng‘iroqni ham, maktubni ham o‘tkazib yubormang. Bular qo‘shimcha daromadli ish taklif etuvchilardan bo‘lishi mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Agar zararli odatlarni tashlab, parhez boshlashni niyat qilgan bo‘lsangiz, bugundan qulayini topa olmaysiz. Sog‘lig‘ingiz pand bera boshlasa, vrach qabuliga boring.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Rashkka erk bermang. Juftingiz sizdan boshqasini tan olmaydi. Buning orqasidan qarindoshlar bilan janjallashib o‘tirishingiz shart emas.

Baliq (20.02 — 20.03)

Ro‘zg‘ordagi va moliyaviy muammolarni bartaraf etishda nihoyatda sergak bo‘ling.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version