Buxoro yangiliklari

Buxoroda hafta davomida kuchli yomg‘irlar kutilmoqda

Foto: Buxoroisharif.uz

Ushbu haftada chorshanbadan jumagacha O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda. Yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, tog‘larda qorga aylanadi, momaqaldiroq bo‘lishi ham mumkin. 15–17-aprel kunlari havo +13…+16 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo +25…+30 darajagacha isiydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Respublikaning g‘arbiy hududlariga 14-aprel kuni nam havo oqimi kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro viloyatida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.

15–16-aprel kunlari nam havo massalari respublika hududiga tarqaladi. Barcha viloyatlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qayd etiladi. Kunduzgi havo harorati +13…+16 darajagacha pasayadi.

17-aprelda faqat respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Respublikaning baland tog‘li hududlarida 15−17-aprel kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.

14-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarida, 15–16-aprel kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha, ba’zi joylarda esa ba’zida 25–28 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida 13–14-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +26…+29 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.

15–17-aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol tezligi 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi harorat +13…+16 darajagacha pasayadi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version