Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (15.04.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 15-aprel, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Kechqurun katta pulga ega chiqishingiz ehtimoli bor. Shu narsa moliyaviy ahvolingizni yaxshilaydi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Muhabbat hamda moliyaviy masalada sizga qalbingiz yordam beradi. Ikki jabhada ham faqat uning amriga itoat eting.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Mumkin bo‘lmagan ishlarga qo‘l urmang, shunday joylarga bormang. Tashqi ta’sirga umuman berilmang. Shunda yo‘lingiz bexatar va oshig‘ingiz olchi bo‘ladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Juda obro‘li tashkilotlar vakillari sizga hamkorlik taklif etishi mumkin. O‘ylab ko‘ring. Salomatligingizni esa ehtiyot qiling, iftorlik vaqtida taomlanish qoilariga rioya qiling.

Arslon (24.07 — 23.08)

Pul masalasi ham bugun yechilmaydigan bo‘lib turibdi. Shu sababli xaridlarni boshqa kunga qoldirib turishingizga to‘g‘ri keladi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Moddiy ahvolingiz yaxshidan-da yaxshiroq, shunday ekan, do‘kon aylanishga bemalol jazm etsangiz yarashadi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Bugun yig‘ilib qolgan muammolarni to‘liq bartaraf etish uchun yanada faolroq bo‘lishingiz lozim. Shaxsiy hayotni bir chetga sura turing, asosiy e’tiborni ishga qarating.

Chayon (24.10 — 22.11)

Oila qurmaganlar bugun uchrashuvga chiqishlari mumkin.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun moliyaviy jihatdan noliydigan darajada qolmaysiz. Faqat salomatlikni asrashingiz kerak bo‘ladi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Bugun har qanday turdagi majlislar, tadbirkorlar uchun hamkorlar bilan kelishuvlar, yangi shartnomalarni imzolash amallari muvaffaqiyatli kechadi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Agar juftingizni haqiqatan qadrlasangiz, tanqid qilish, rashkkka erk berishni yig‘ishtiring.

Baliq (20.02 — 20.03)

Kunning ikkinchi yarmida bir inson bilan tanishishingiz kutiladi. U kelgusida yaqin do‘stlaringiz qatoriga ham kirishi mumkin.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version