Islom

Rasululloh (s. a. v.): “Kim menga ikki oyog‘i orasidagi va ikki jag‘i orasini saqlashning kafolatini bersa, uni jannatga kirishini kafolatini beraman”

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Inson hayoti mobaynida imkoni qadar yaxshi amallarni qilib, o‘zining xayrli va savobli ishlarini ko‘paytirishga, a’laxusus, Yaratganning rahmatiga sazovor bo‘lishga, Odam Atoning avvalgi makoni bo‘lmish jannatga qaytib kirishga intilib yashaydi. Quyida olamlarga rahmat bo‘lgan, nabiylarning so‘nggisi va eng sevimlisi bo‘lgan Zot Muhammad mustafo (s. a. v.) ning kishini jannatga kirishiga kafolat beriladigan amalni keltiradilar.

Sahl ibn Sa’d (r. a.) dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (s. a. v.): “Kimiki menga ikki oyog‘i orasidagi va ikki jag‘i orasini saqlashning kafolatini bersa, uni jannatga kirishini kafolatini beraman”, deb marhamat qilganlar (Muttafaqun a’layhi).

Qalbida iymoni bo‘lgan, e’tiqodi salomat bo‘lgan kishiga qanday ham chiroyli va xushxabar!

Ka’bul Ahbor aytadilar: “Payg‘ambarlarning kitoblarida o‘qidim. Kim g‘iybatdan tavba qilib o‘lsa, u jannatga kiruvchilarning oxiri bo‘ladi. Kim g‘iybatdan tavba qilmay o‘lsa, u do‘zaxga kiruvchilarning avvalgisi bo‘ladi”.

“Boshga keladigan balo, tildandir”, – degan hikmat ham bor.

Tilni saqlash, o‘zining boshini balolarga giriftor bo‘lishdan saqlashdek ahamiyatli masala ekan, o‘zini aql egasi deb bilgan har qanday kimsa uni saqlashga intiladi.

Maqolamiz intihosida tildan bo‘ladigan, dilllarga ham ozor beradigan har qanday illatlardan tilimizni salomat qilishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version