Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (21.04.2026)

2026-yilning 21-aprel, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Vaziyatga qarshi bormagan holda harakatlar sodir etsangiz, muvaffaqiyatlar o‘zingizniki deyavering.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Muhabbat bobida ham bugun sizga omad kulib boqadi. Tuyg‘ular sizga eng yoqimli onlarni hadya etadi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Hayotingizda sodir bo‘ladigan yoki ko‘zga tashlanadigan har bir voqea-hodisa, borliqni boricha, shukronalik bilan qabul qiling.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Toza havoda ko‘proq sayr qiling. Umurtqa pog‘onangizni mustahkamlashga qaratilgan jismoniy mashqlarni bajaring.
Arslon (24.07 — 23.08)
Bugungi kuningiz ajoyib kechishi kutiladi. Muammolar deyarli minusda. Demak, xavotirga o‘rin yo‘q.
Parizod (24.08 — 23.09)
Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, muolajalar haqida o‘ylab ko‘ring.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Ko‘chada, do‘stlar davrasida va yangi jamoada o‘zingizni yaxshi tutishingiz tavsiya etiladi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Duch kelgan odamga ishonib ketaverishdan tiyiling. Bu odatingiz bugun boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi hech gap emas.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Muhabbatda oilasizlar xatoliklarga yo‘l qo‘yishni istamasalar, qalbiga quloq tutsin
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Oyoqlaringiz ostida ko‘ndalang turgan muammolarni tafakkuringiz ko‘magida bartaraf etish imkoniga egasiz.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun qanday tezlikda ishlasangiz, qanday sifatga erishsangiz, kelgusida martabangiz shu bilan bog‘liq bo‘ladi. Shaxsiy hayotda esa har bir qadamingizni o‘ylab bosing.
Baliq (20.02 — 20.03)
Ishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Shoshilinch qarorlar qabul qilishdan saqlaning.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…