Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (18.05.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 18-may, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kayfiyatingiz tushkun, yirik loyihalarni ado etishga kuch ham, imkoniyat ham yetarli emas. Balki charchagandirsiz? Ta’tilga chiqishingiz kerakdir?

Buzoq (21.04 — 21.05)
Qarzlaringiz ham ko‘payib ketgan ko‘rinadi. Ularni uzish uchun ko‘p ishlashingiz kerak.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun har qanday odamga o‘z ta’siringizni o‘tkaza olasiz. Har qanday odamni o‘zingizga ishontira olasiz.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Salomatligingizga e’tibor qarating. To‘g‘ri ovqatlaning. Tanani chiniqtirishga yo‘naltirilgan muolajalar oling.

Arslon (24.07 — 23.08)
Hadeganda oldinga talpinib, yangi tanishuvlar ortidan quvlay boshlamasangiz, kuningiz ko‘ngildagidek kechishi kutilmoqda.

Parizod (24.08 — 23.09)
Vaziyatga real ko‘z bilan boqa olsangiz, muammolarning barchasiga yechim topasiz. Mustaqil bo‘lishga harakat qiling.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Oilaviy hayotda bahslar, janjallar ta’qib etishi kutilmoqda. Imkon topsangiz, betaraflik masalasiga e’tibor qaratib ko‘ring.

Chayon (24.10 — 22.11)
Shaxsiy biznesiga ega bo‘lganlar sergaklikni oshirishlari zarur. Agar yaqinda do‘st yoki tanishlardan biriga qarz bergan bo‘lsangiz, tez orada qaytarilishidan umidingizni uzavering.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ish bajarishda yoshi ulug‘ va aqlli, tajribali odamlar maslahatiga quloq tuting. Moliyaviy masalada yo‘qotishlarga yuz tutishingiz xavfi bor.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Birinchi navbatda salomatligingizga e’tibor qarating. Kerak bo‘lsa, vitaminlar iching. Immunitetingiz tushib ketgan bo‘lishi mumkin.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda pozitiv kayfiyatda bo‘lishingiz talab etiladi. Umuman aytganda, ko‘p narsalar ayni sizning kayfiyatingizga bog‘liq bo‘ladi.

Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun omadga erishishingiz uchun qulay imkoniyatlar ko‘p bo‘ladi. Asosiysi, ularni o‘z vaqtida payqay bilsangiz bas.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version