Jahon
Yevrovideniye–2026: Bolgariya g‘olib bo‘ldi, Isroil ikkinchi o‘rinni egalladi

Eurovision Song Contest 2026 tanlovining 70-yubiley finalida Dara “Bangaranga” qo‘shig‘i bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bolgariya vakilasi hakamlar hay’ati va tomoshabinlar ovoz berishida ham birinchi bo‘ldi. U hakamlar tomonidan 204 ball to‘plagan yagona ishtirokchi bo‘ldi va keyinchalik tomoshabinlar ovozi bilan ustunligini yanada mustahkamladi.
Bu Bolgariya tarixidagi ilk “Yevrovideniye” g‘alabasi hisoblanadi.
Tanlov finali Venna shahrida bo‘lib o‘tdi. Dara 24 nafar raqibini ortda qoldirdi. Uning sahna chiqishi yorqin xoreografiya va kuchli ritm bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi.
Ikkinchi o‘rinni Noam Bettan egalladi. U “Michelle” nomli rok-balladani ivrit, fransuz va ingliz tillarida ijro etdi. Hakamlar undan sakkizinchi o‘ringa munosib deb topgan bo‘lsa-da, tomoshabinlar ovozi uni yuqoriga olib chiqdi.
Israel vakili yakunda g‘olibdan 173 ball kam to‘plab, ikkinchi bo‘ldi.
Uchinchi o‘rin Alexandra Căpitănescuga nasib etdi. Ruminiyalik xonanda “Choke Me” nomli provokatsion rok qo‘shig‘i bilan kuchli chiqish qildi.
Shuningdek:
- Delta Goodrem — to‘rtinchi o‘rin,
- Sal Da Vinci — beshinchi o‘rin,
- Finlandiyalik duet Pete Parkkonen va Linda Lampenius esa oltinchi o‘rinni egalladi.
Tanlov bu yil siyosiy bahslar bilan ham yodda qoldi. Ispaniya, Irlandiya, Niderlandiya, Islandiya va Sloveniya Isroilning ishtiroki va G‘azodagi urush sabab tanlovni boykot qildi.
Final oldidan Vena ko‘chalarida norozilik namoyishlari ham bo‘lib o‘tdi. Ayrim namoyishchilar “Yevrovideniyeni taqiqlang” degan plakatlar bilan chiqqan.
Shunga qaramay, yubiley tanlovi katta tomosha va yorqin sahna chiqishlari bilan esda qoldi. Dara ijro etgan “Bangaranga” esa kechaning eng katta xitiga aylandi.