Mashhurlar

Izquvar Puaro yana ekranlarga qaytadi: yangi serial tayyorlanmoqda

Foto: BBC

Erkyul Puaro haqidagi yangi serial ustida ish boshlandi. BBC mashhur detektiv obrazini yana televizorga qaytarishga qaror qildi.

Ko‘pchilik tomoshabinlar uchun Puaro obrazi avvalo Devid Sushe bilan bog‘liq. U 1989–2013-yillar oralig‘ida efirga uzatilgan Agatha Christie’s Poirot serialida afsonaviy detektiv rolini ijro etgan edi.

13 mavsum va 70 epizod davomida serialda yozuvchi Agata Kristining Puaro haqidagi deyarli barcha mashhur asarlari ekranlashtirilgan.

Yangi loyiha haqida dastlab Deadline xabar berdi. Unga ko‘ra, BBC ekranlashtirish huquqini boshqa telekanallar va striming platformalari bilan kuchli raqobatda qo‘lga kiritgan.

Serialning ilk mavsumi 2027-yilning ikkinchi yarmida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.

Yangi Puaro kim bo‘ladi?

Hozircha yangi Puaro rolini kim ijro etishi noma’lum. Kasting allaqachon boshlangan, biroq nomzodlar haqida hech qanday ma’lumot sizdirilmadi.

Loyiha ustida Mammoth Screen ishlamoqda. Kompaniya avval ham Agata Kristi asarlarini muvaffaqiyatli ekranlashtirgan. Serial Agatha Christie Limited bilan hamkorlikda yaratiladi.

Tomoshabinlarni qiyin taqqoslash kutmoqda

Yangi serialning asosiy muammolaridan biri — Devid Suche yaratgan afsonaviy obraz bilan taqqoslanishidir.

Puaroni ilgari:

  • Piter Ustinov,
  • Kennet Branag

ham ijro etgan, biroq ko‘pchilik uchun aynan Suche eng “kanonik” Puaro bo‘lib qolgan.

Shu sabab yangi serial oldida katta savol turibdi:

“Agar eski serial mukammal bo‘lsa, yangisini nega ko‘rish kerak?”

Agata Kristi rekordlari

Agata Kristi tarixdagi eng ko‘p sotilgan badiiy adiblardan biri hisoblanadi.

U:

  • 66 ta detektiv roman yozgan;
  • kitoblari dunyo bo‘ylab 2–4 milliard nusxada sotilgan.

Uning And Then There Were None romani taxminan 100 million nusxada sotilgan eng mashhur kitoblardan biri sanaladi.

Erkyul Puaro esa yozuvchining eng uzoq yashagan qahramoni bo‘lib:

  • 33 roman,
  • 51 hikoyada paydo bo‘lgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version