Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (28.05.2026)

2026-yilning 28-may, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Oila qurmaganlardan kim bugundan ishqiy munosabatlarni, romantikani kutgan bo‘lsa, albatta niyati vojib bo‘ladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Moddiy ahvolingiz yaxshi kechsa-da, ortiqcha sarf-xarajatlarning ketidan quvmaganingiz ma’qul.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ish joyingizdagi yumushlarni ado etishda mustaqil bo‘lishingiz tavsiya qilinadi. Ishingizga ijodiy yondashishga harakat qiling.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Oilaviy hayotda ko‘proq o‘zingizga ishoning. Shaxsiy fikrlaringizdan kelib chiqibgina qarorlar qabul qiling.
Arslon (24.07 — 23.08)
Yo‘lingizda uchraydigan jiddiy to‘siqlarni yengib o‘ta olish uchun o‘ta bardoshli va sovuqqon bo‘lishingiz kerak.
Parizod (24.08 — 23.09)
Hozir siz uchun birinchi navbatda moddiy ahvolingizni yaxshilashingiz muhimroq. Muhabbat, orzular ikkinchi o‘rinda bo‘lishi lozim.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Kechasi yomon tushlar ko‘rgan bo‘lsangiz, bu hayot izdan chiqadi degani emas. Ular havoning avzoyi buzilishi natijasida ham kuzatilishi mumkin.
Chayon (24.10 — 22.11)
O‘zingizni xuddi bayramlar diyoriga borib qolgandek yengil his eta boshlaysiz. Lekin ayrim masalalarga jiddiy munosabat yuritish kerak.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kunning birinchi yarmidanoq barcha muammolarni unutib, o‘zingiz bilan yolg‘iz qolish istagi ustun kela boshlaydi. Ammo bu bilan masalaning yechimini topib bo‘lmaydi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Aqliy mehnat bilan shug‘ullanadiganlar ma’lum muddat tanaffus qilishlari talab etiladi. Aks holda salomatligingizga jiddiy putur yetadi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun sizning kuningiz. Yettinchi osmon ham baxtingiz, quvonchli lahzalaringiz qarshisida Hijolat cheka boshlaydi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Ish joyingizda qo‘shimcha pul keladigan ish taklif etishmoqchi. Agar o‘z vaqtida harakatingizni qilmasangiz, hamkasblardan biri ilib ketishi tayin.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…