Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (05.06.2026)

2026-yilning 5-iyun, juma kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Har bir ezgu maqsadga yetish yo‘lida intiluvchanlik va o‘zingizga bo‘lgan ishonch talab qilinadi. Oilasizlarni muhabbatda yoqimli emotsiyalar va lahzalar kutadi
Buzoq (21.04 — 21.05)
Rashk balosidan qutulmas ekansiz, xoh oilasiz, xoh oilali bo‘ling shaxsiy hayotingiz izdan chiqadi. O‘zingizga tashqaridan turib razm soling.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Shaxsiy hayotda barcha minus-plyuslarni hisobga olgan holda dadillik bilan qaror chiqaring. Kechqurun kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ishda va moliyaviy masalada deyarli xatoliklar ko‘zga tashlanmaydi. Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlaringizdan biri qarzga pul so‘rashi mumkin.
Arslon (24.07 — 23.08)
Muhabbatda oilalilar ham, oilasizlar ham haqiqiy baxt sharobini yana qayta totib ko‘rishadi. Shunday bo‘lishi kerak edi. Siz shunday baxtga arziysiz.
Parizod (24.08 — 23.09)
Oilasizlarning ayrimlarini yaqindagina tanishgan inson ranjitib qo‘yishi mumkin. Bu ham taqdirning bir sinovi bo‘lsa kerak-da.
Tarozi (24.09 — 23.10)
O‘zingizni tutishda ehtiyotkor bo‘ling. Birovlarni nohaq ranjitishdan saqlaning.
Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun omadsizlik bilan omad yonma-yon qadam tashlaydi. Goh unisi, goh bunisiga qayrilib qarayverishdan charchamasangiz bas.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Moddiy ahvolingiz kechqurunga borib yaxshilanadi. Sizga qattiq ishonadigan insonlarga quruq va’dalar bermang.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Tashqi ko‘rinishingiz va muhim hujjatlarga alohida e’tibor bilan yondashing. Xayol olib ketib qolishidan saqlaning.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun salomatligingizni mustahkamlash uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Lekin mutaxassis ishtirokisiz bu ishni amalga oshirmang.
Baliq (20.02 — 20.03)
Kunning ikkinchi yarmida do‘stlardan biri bilan jiddiy mavzuda bahslashib qolishingiz kutiladi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…