Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (07.06.2026)

2026-yilning 7-iyun, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Ro‘zg‘oringizda vaziyat qaltislashmasligi uchun harakat qiling. Salomatlikni, asablarni, o‘zingizni ehtiyot qiling.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Salomatligingiz ko‘tarsa, sport bilan shug‘ullaning. Ayniqsa, kechqurun va ertalablari yugurib turishning foydasi katta bo‘ladi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun nafaqat moliyaviy jihatdan omadingiz chopadi, balki oilasiz bo‘lsangiz, muhabbatda ham baxtingiz kuladi. O‘zingizga yoqqan inson qo‘ng‘iroq qilib ko‘nglini ochadi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Oilasiz bo‘lsangiz, tanlaganingizning qarindoshlariga yoqib tushmaganingiz o‘z so‘zini aytishi mumkin. Xotirjamlikka e’tibor qaratishingizga to‘g‘ri keladi.
Arslon (24.07 — 23.08)
Oila qurmaganlar bo‘lg‘usi jufti bilan munosabatlarga putur yetkazmasligingiz talab etiladi. Ana shundagina bugun romantik uchrashuvdan umid qila olasiz.
Parizod (24.08 — 23.09)
Faqat salomatligingizga ehtiyot bo‘ling. Allergiya va shamollash xavf solishi mumkin. Parhez boshlasangiz ham ziyon ko‘rmaysiz.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Moddiy ahvolingiz havas qilsa arziydigan darajada bo‘ladi. Sira ikkilanmasdan do‘kon, bozorga yo‘l olishingiz mumkin.
Chayon (24.10 — 22.11)
Agar ertalab yugurishni unutmasangiz, muzdek dush qabul qilishga erinmasangiz, kun davomida o‘zingizni kosmonavtlardan ham yaxshiroq his etasiz. F
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kun bo‘yi bosh va oyoqlaringizni ehtiyot qiling. Jarohat olishingiz xavfi bor.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Shaxsiy biznesiga egalar shubha-gumonlardan nari bo‘lishlari kerak. Ular sizning xavfli dushmaningiz hisoblanadi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Yangi tanishuvlar bugun sizga do‘stlik qilmaydi. Kechqurun ayrimlar yo lotereyada katta pul yutishlari, yo merosga ega bo‘lishlari mumkin.
Baliq (20.02 — 20.03)
Kunning ikkinchi yarmida yolg‘izlar bo‘lg‘usi umr yo‘ldoshining qalbiga chuqurroq kirib borishlari lozim.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…