Buxoro yangiliklari

Buxoroda milliy terma jamoa o‘yinlari o‘zingizga yaqin maktabda tomosha qilishingiz mumkin

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati doirasidagi uchrashuvlarini futbol muxlislari bilan birgalikda tomosha qilish maqsadida Buxoro viloyatida maxsus “Muxlislar maydoni” fan-zonalari tashkil etiladi.

Mazkur tashabbus sport ixlosmandlarini bir joyga jamlash, futbol bayrami muhitini yaratish hamda milliy terma jamoani keng jamoatchilik ishtirokida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Fan-zonalarda futbol muxlislari terma jamoamizning mundial bahslarini katta ekranlar orqali jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, uchrashuvlar davomida sport muxlislari uchun qulay sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.

Buxoro viloyatida “Muxlislar maydoni” quyidagi ta’lim muassasalarida tashkil etiladi:

  • Buxoro shahri — 30-maktab
  • Kogon shahri — 10-maktab
  • Buxoro tumani — 3-maktab
  • Vobkent tumani — 10-maktab
  • Jondor tumani — 2-IDUM
  • Olot tumani — 2-maktab
  • Peshku tumani — 28-maktab
  • Romitan tumani — 2-maktab
  • Shofirkon tumani — 13-maktab
  • Qorako‘l tumani — 15-maktab
  • Qorovulbozor tumani — 1-maktab
  • G‘ijduvon tumani — 5-maktab

Qayd etilishicha, fan-zonalar orqali viloyatning barcha hududlaridagi futbol ixlosmandlari milliy terma jamoa o‘yinlarini katta ekranlarda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mutasaddilar bu kabi tashabbuslar sportni ommalashtirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va futbolga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, “Muxlislar maydoni” hududlarida terma jamoamizga bag‘ishlangan turli targ‘ibot tadbirlari, sportga oid tanlovlar va ko‘ngilochar dasturlar ham tashkil etilishi kutilmoqda.

Futbol mutaxassislarining fikricha, minglab muxlislarning birgalikda terma jamoani qo‘llab-quvvatlashi futbolchilarga qo‘shimcha ruhiy dalda bag‘ishlaydi. Ayniqsa, Jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarda muxlislar qo‘llovi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va milliy terma jamoa natijalarini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Muxlislar maydoni” loyihasi ham ana shu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lib, futbol atrofida birlashgan minglab yurtdoshlarni yagona maqsad yo‘lida jamlaydi.

Barcha futbol muxlislari milliy terma jamoamizning mundialdagi tarixiy uchrashuvlarini birgalikda tomosha qilish va futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu maydonlarga taklif etilmoqda.

Birgalikdagi muxlislik, yagona maqsad va yuksak ishonch — terma jamoamizning eng katta kuchlaridan biridir.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version