Buxoro yangiliklari

Koreyalik blogerlar Buxoroning turizm salohiyati bilan tanishdi

Foto: Buxoro viloyati turizm boshqarmasi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida Buxoro viloyatida Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan blogerlar va media vakillari ishtirokida infotur tashkil etildi.

Infotur davomida mehmonlar Buxoroning mashhur tarixiy obidalari, jumladan Ark qal’asi, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz ansambli, qadimiy savdo toqlari hamda Buxoro markaziy bozori bilan yaqindan tanishdilar.

Koreyalik blogerlar Buxoroning betakror me’moriy qiyofasi, qadimiy Sharq muhiti va mahalliy aholining mehmondo‘stligini alohida e’tirof etdilar. Shuningdek, ular o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida real vaqt rejimida foto va videomateriallar joylashtirib, Buxoro haqidagi taassurotlarini millionlab kuzatuvchilari bilan ulashdilar.

Ta’kidlash joizki, mazkur tashrif Buxoro viloyatining xalqaro turizm bozoridagi jozibadorligini oshirish, xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda Janubiy Koreya bilan turizm sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version