Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (11.06.2026)

2026-yilning 11-iyun, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Ro‘zg‘ordagi muammolardan chalg‘ishda do‘stlaringiz, sevimli xobbingiz va tabiat qo‘ynida dam olish yordam beradi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Muhabbatning cheki yo‘q deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Uning ham chegarasi bor. Shunday ekan, kim sizni zarracha sevsa, bu muhabbatni ardoqlang.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Suyukli insoningizni mehr va e’tibor bilan qurshab oling. Uni diqqat markazingizda ushlang.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ertalab birinchi qiladigan ishingiz shaxsiy biznesingizni ochishdan iborat bo‘lsa faqat foyda ko‘rasiz. Oilasizlar tushdan keyin romantik uchrashuvga otlanishlari mumkin.
Arslon (24.07 — 23.08)
Agar tunda uxlay olmagan bo‘lsangiz, o‘zingiz uchun dam olish kuni e’lon qiling. Salomatlikni birinchi o‘ringa qo‘ying.
Parizod (24.08 — 23.09)
Moliyaviy inqirozga yuz tutishni xohlamasangiz, hayotiy tajribangizni ishga soling. Shaxsiy biznesingiz bo‘lsa, hamkorlik masalasida yelib-yuguring.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Kayfiyatingizda “sakrash” jarayonlarini boshdan kechirishingiz mumkin. Baribir o‘zingizni qo‘lga ola biling.
Chayon (24.10 — 22.11)
Yoshi ulug‘ qarindoshlaringiz kun mobaynida biroz asabiylashishga majbur etishlari mumkin. Ularga salomatliklarini tiklashda va moddiy jihatlari yaxshilanishida yordam ko‘rsating.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun chin ko‘ngildan chiqarib astoydil ishlamasangiz, maqsadga yetishingiz dargumon bo‘lib qoladi. Agar dangasalik qilayotganingizdan rahbarlar xabar topsa, yaxshi bo‘lmaydi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Immunitetingizni ko‘tarishda giyohlardan damlangan choy, mevalar va suv yordamida tanani chiniqtirish amallari yordam berishi mumkin.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ishxonada bir yumushni yakunlamay turib boshqasiga o‘tmang. Vaqtida dam oling. Bu ishingiz baroridan kelishida yordam beradi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Salomatligingiz tobida bo‘ladi, suyukli insoningiz sizga boshqa paytdagiga nisbatan qattiqroq seva boshlaganiga guvoh bo‘lasiz.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…