O‘zbekiston

O‘zbekiston Republikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov rossiyalik hamkasbi Dmitriy Peskov bilan uchrashdi

Foto: Telegram / Press_Secretary_Uz

O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov boshchiligidagi delegatsiya uch kunlik tashrif bilan Moskvada bo‘ldi.

Safar davomida RF prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbarining o‘rinbosari – prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov, prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tuzilmalari, kreativ va media tashkilotlari vakillari bilan ham muloqotlar ham bo‘lib o‘tgan.

Sherzod Asadovning aytishicha, uchrashuvlarda muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.

“Boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanishuv katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar tomonlarning media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotga, tajriba almashishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi”, – dedi Asadov.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version