Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (01.07.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 1-iyul, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
His-tuyg‘ularni jilovlashga harakat qiling. Oilasiz bo‘lsangiz, o‘zingizga yoqqan insonga muhabbat izhor qilishga uyalmang.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Zaharlanib qolishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib albatta yaxshilanadi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Turishidan shubhali tuyila boshlagan odam bilan yaqin muloqotga kirishmang. Kechqurun yengil ovqatlanish bilan cheklaning.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Har bir ishni puxta reja asosida amalga oshiring. Yo‘llarda esaxavfsizlik qoidalariga amal qilish sira zarar keltirmaydi.

Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun kunning birinchi yarmida oilalilarning ba’zilarinikida yangi mehmon dunyoga kelish ehtimoli bor. Ayollar tashqi ko‘rinishlariga alohida e’tibor qaratishlari talab qilinadi.

Parizod (24.08 — 23.09)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda sergaklikni qo‘ldan bermang. Har bir gapingizni yaxshilab o‘ylab olgachgina tilingizga ko‘chiring.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Juftingiz bilan munosabatlarda yetakchi bo‘lishga urinmang. Tinglovchilikni tanlayvering. Shundan tinchi yo‘q.

Chayon (24.10 — 22.11)
Kun davomida ro‘zg‘orda paydo bo‘ladigan favqulodda muammolar sizni biroz toliqtirishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilib, bir-ikki soat yolg‘iz qolsangiz, toliqishlar nari chekinadi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Har bir ishni boshlashdan oldin yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishga odatlansangiz, ishlaringiz o‘lda-jo‘lda qolib ketmaydi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Sizni sevadigan, qadrlaydigan odamga qalbingiz eshiklarini kattaroq ochib qo‘ying. Sir saqlashingiz, sukutga tolishingiz yaxshilikka olib kelmaydi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Tushdan keyin ba’zilar jufti bilan jiqqillashib qolishlari kutiladi. Sog‘liqni asrab, sifatsiz taomlarni bilib-bilmay tanovul qilib qo‘ymang.

Baliq (20.02 — 20.03)
Kun davomida qarindoshlardan biri bilan xafalashib olishingiz ham haqiqatdan uzoq emas. Moliyaviy jihatdan shikoyatingiz bo‘lmaydi.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version