Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (03.07.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 3-iyul, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Taqdirdan kutilmagan sovg‘alar olishni istasangiz, avvalo o‘zingiz saxovatpesha bo‘ling. Ayniqsa, yaqin insonlardan mehrni ham, pulni ham ayamang.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Muhabbatda qalbingiz bayram talab qilmoqda. Bayramni tashkil etishga esa hech kim xalal bera olmaydi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugungi kuningiz ertaklardagidek kechadi. Kutilmagan sovg‘alar, yangi tanishuvlar sehridan boshingiz aylansa, sarxushlansangiz ne ajab.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Muhabbatda, oilaviy hayotda janjalli vaziyatlarni qidirmang. Hatto, juftingiz janjalga sabab bo‘luvchi harakatlarni sodir eta boshlasa ham xotirjamlikni qo‘ldan bermang

Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun barcha ishlarni chetga surib qo‘yib dam olishingiz, do‘stlar bilan ko‘ngil yozishingiz tavsiya etiladi.

Parizod (24.08 — 23.09)
Do‘stlardan pul qarz bo‘lsangiz, darhol qaytarib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Aks holda orangizdagi munosabatlarga putur yetadi.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Ovqatlanish rejimi va me’yoriga qat’iy amal qiling. Oshqozoningizda muammo paydo bo‘lishi mumkin. Tunda ovqatlanmang.

Chayon (24.10 — 22.11)
O‘zingizga tegishli yukni boshqaning yelkasiga ortmoqlab qo‘yishdan saqlaning. Garchi u odam qarindoshingiz bo‘lsa ham bunday harakatni sodir etmang.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Intiluvchanlik sizda yetarlicha. Ammo bor bilimingizni ishga bag‘ishlash imkoniyatidan sizga hasad qiladiganlar mahrum etishi mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Juftingiz bilan jiddiy gaplashib olishni xohlayotgan bo‘lsangiz, bu suhbatni boshqa kunga qoldiring. Hozir jiddiy suhbatlar salomatligingizga putur yetkazishi mumkin.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Uylanmagan yigitlar, qovg‘a burji ostida tug‘ilgan shunqorlar bugun ruhni baland-baland ko‘targan holda suyganiga muhabbat izhor qilishlari, to‘yni tezlatishlari lozim.

Baliq (20.02 — 20.03)
Joningizni asrang. Asabiylashmang. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version