Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (08.07.2026)

2026-yilning 8-iyul, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun bilim olish va professional kasblar bilan bog‘liq malakalarni oshirish uchun juda qulay keladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Oila qurmaganlar muhabbatda, shaxsiy hayot qurish masalasida muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi. Imkon bo‘lsa, bugun tomorqada ishlang, uydagi buzilgan jihozlarni ta’mirlang.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Agar kun davomida juftingiz yoki yaqin qavmlardan biri bilan orangizda muammo paydo bo‘lsa, siz yon bering. Muhabbatda sabrli bo‘ling.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Agar anchadan beri do‘stlar bilan uchrashib, muloqot qilishni orzulagan bo‘lsangiz, o‘sha kun keldi. Issiq havo organizmingizga salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda tinkangiz quriy boshlaganini his etishingiz mumkin.
Arslon (24.07 — 23.08)
Do‘stlar va tanish-bilishlar shaxsiy hayotingizga aralashishlariga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun plastik kartochkangizga mo‘maygina pul kelib tushishi kutiladi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Moddiy jihatdan ahvolingizni yaxshilash uchun bugun faqat qarz ko‘tarishingiz mumkin. Salomatligingiz esa bugun bezovta qilmaydi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun jismoniy zo‘riqish, keragidan ortiq ovqat iste’mol qilish sizga faqat ko‘ngilsizlik hadya etadi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Shaxsiy avtomobili borlar uchun kechqurun jarohat olish xavfi tug‘iladi, sergak bo‘ling!
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kechki payt oilasizlarning qaysidir biri yangi tanishuvni boshdan kechiradi va bu romantik uchrashuvga aylanib ketishi kutiladi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Tijorat bilan shug‘ullansangiz, anchadan beri yovlashib kelgan raqobatchilar bilan bugun iliq munosabatlarga erishasiz.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun dam olishga vaqtingiz bo‘lmaydi. Qattiq ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Yaqinlaringiz bilan esa muloyim ohangda muloqot qiling.
Baliq (20.02 — 20.03)
Shaxsiy hayotingizda tanaffuslar yuzaga kelishi kutilmoqda. Shunga tayyor turing. Juftingiz bilan munosabatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘ymang.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…