Islom
“Yomonliklar onasi” bo‘lmish aroqdan saqlanaylik

Iymonni bir muazzam saroy desak uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikonzorlarni yalang oyoq kechib o‘tishga to‘g‘ri kelar. Iymon saroyiga ham sizni birov ko‘tarib olib kirmaydi. Bobir Mirzo ta’kid etganlaridek “eshikni astoydil qoqqan odamlargina kiradi”. Asalarining qo‘riqchilari yomon joyga qo‘ngan asalarilarni uyga qo‘ymas ekanlar. Shunga ko‘ra, iymon saroyiga og‘zidan aroq hidi gupurib turganlar qo‘yilmaydilar. Ularning joylari iymon saroyi emas, shayton kulbasi bo‘lib qoladi.
Ibn Umar raziyallohu anhu Rasullulloh sollallohu alayhi vassalamdan rivoyat qiladi: “Har bir mast qiluvchi narsa maydir va har bir may haromdir” Imom muslim rivoyati.
Ushbu hadisi sharif mast qiluvchi vositalarning har qanday turi haromligini anglatadi. Agar biror bir mo‘min kishi mayning yoki mast qiluvchi narsalarning haromligini iymon keltirib, ammo o‘zini tiya bilmasa ojizlik qilsa u katta gunoh sodir etgan bo‘ladi va oxirat kuni qattiq azob uqubatga duchor bo‘ladi.
Duo qilaylik barcha mayparastlarni bu yo‘ldan qaytarib hidoyat bersin! Nafslarimizni tarbiyalashni eng birinchi sharti-tavbadir. Tavbalar ijobat bo‘lmog‘ini Alloh nasib etsin. Iymon saroyiga kirmoq mushkul, ammo undan chiqish oson, Xudo saqlasin! “Yomonliklar onasi”dan yuz o‘girib, hidoyat onasiga farzand bo‘lmoqlikni Alloh barchalarimizga nasib etsin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi