Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (10.07.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 10-iyul, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Pul orqasidan quvish haqida umuman o‘ylamang. Aks holda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Yaqin o‘tmishdagi muhabbat xotiralaridan xalos bo‘lishda yaqin do‘stlardan biri yordam berishi mumkin.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘lishi kutiladi. Bunga atrofdagilarning xush muomalasi ham turtki bo‘ladi albatta. Kun davomida tanishlar yoki do‘stlardan biri sizga yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun yangi tanishuvlar kutadi. Ammo do‘st tanlashda, birovlar bilan tanishishda juda ehtiyot bo‘ling. Jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishdan saqlaning.

Arslon (24.07 — 23.08)
Ijodkorlar kun davomida internet orqali o‘zi uchun zarur axborotlarni topishlari kutiladi. Bular yangi asarlar yaratishingizda juda asqotishini unutmang.

Parizod (24.08 — 23.09)
Kunning ikkinchi yarmida olisda yashaydigan qarindoshlardan biri mehmon bo‘lib kelishi ehtimoli bor.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Sabzavot, mevalarni ko‘proq yeng. Mavsumda to‘yib yeyilgan mevalar yil bo‘yi sizga qo‘shimcha quvvat bag‘ishlab turadi.

Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun birinchi navbatda bardosh va iroda kuchini mustahkamlash harakatida bo‘ling. Busiz qaysi jabhada bo‘lmang, ko‘ngilsizliklarga duch kelishdan tiyila olmasligingiz mumkin.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ishlarni navbati bilan amalga oshiring. Kechqurun suygan insoningiz uchun alohida vaqt ajrating.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bo‘lar-bo‘lmas ishlarga kuch sarflab o‘zingizni qiynamang. Bugun moliyaviy va texnik ahamiyatga ega muammolar oldingizda ko‘ndalang turishi kutilmoqda. Kuchni ana o‘shalar uchun asrab qo‘ying.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Asab tizimlaringiz joyida emas. Ularni tartibga keltirish uchun to‘yib uxlashingiz va kam kaloriyaga ega taomlar iste’mol qilishingiz kerak.

Baliq (20.02 — 20.03)
Ishxonada ba’zi hamkasblar sizni tanqid qila boshlashi ham mumkin. Bunday vaziyatlarda sukut yordam beradi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version