O‘zbekiston

Vobkentda “SES” binosi qurilishi sifatsiz olib borilayotgani aniqlandi

Foto: Buxoroisharif.uz

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Vobkent tumanida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Nazorat tadbiri davomida Vobkent tumani “Kulolchi” MFY hududida joylashgan 2-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish hamda qo‘shimcha bino qurish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida obyektda sifatsiz beton zina mahsulotidan foydalanilganligi aniqlandi.

Shuningdek, Vobkent tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi binosida ham monitoring ishlari olib borildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan pudratchi tashkilotga belgilangan tartibda ko‘rsatmalar berildi hamda sifatsiz beton zina mahsuloti joyida demontaj qilindi.

Hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish-montaj ishlari sifatini ta’minlash, qurilish me’yorlari va texnik reglamentlar talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version