Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (18.07.2026)

2026-yilning 18-iyul, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun oila qurishga ulgurmaganlar hayotida quvonchli lahzalar sodir bo‘lishi kutiladi. Siz bo‘lg‘usi juftingizni tasodifan uchratib, u bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘lasiz.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Yaqin insoningiz bilan munosabatlarda ba’zi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Oddiy bahslashuvdan boshlangan suhbat oqibatda katta janjalga aylanib ketishi hech gap emas.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Do‘konlarni, bozorlarni aylanishda sergaklikni qo‘ldan bermang. Kissavurlar nazariga tushib qolishingiz xavfi bor.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Muammolar, qiyinchiliklar qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, baribir ular qarshisida bosh egmang. Hayotda hal etib bo‘lmaydigan muammo, yengib o‘tib bo‘lmaydigan to‘siqning o‘zi yo‘q.

Arslon (24.07 — 23.08)

Pul sarflash bobida sira ikkilanmang. Pullaringiz yetarli. Faqat salomatligingizni juda ehtiyot qiling.

Parizod (24.08 — 23.09)

Bugun xarajat qilishdan oldin o‘zingizni shu masalaga ruhan tayyorlab oling. Aks holda keyin afsuslanib o‘tirishingiz foyda bermaydi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Shirinsuxan bo‘ling, keng ko‘ngil egasiga aylaning. Prinsiplaringizdan voz keching. Juda bo‘lmasa, bolalikdagi hayotingizni yodga oling.

Chayon (24.10 — 22.11)

Bugun nafaqat ishda, balki muhabbatda ham haqiqiy yaratuvchiga aylanishingiz talab etiladi. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz sizdan noan’anaviy, noodatiy takalluflarni kutadi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda artistlarcha ayyorlik sizga bugun juda asqotadi. Oshig‘ingiz olchi bo‘ladi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Ish joyingizda muhit va «ob-havo» o‘zgarishi kutiladi. Mayda-chuyda muammolar qalashib yotishiga qaramay, ishlaringiz baribir baroridan kelishda davom etaveradi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun safarga chiqish, tadbirkorlar uchun yangi shartnomalar imzolash amallari xayrli kechadi. Kechqurun aksariyat do‘stlarimizning xonadonida oilaviy bayram kuzatilishi mumkin.

Baliq (20.02 — 20.03)

Qayerga bormang, nima ishga qo‘l urmang, omadingiz chopa boshlashiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz. Qalbingizni bo‘lmag‘ur tuyg‘ular bugun chirmab olmaydi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version