Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (21.07.2026)

2026-yilning 21-iyul, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kelgusida bajarish uchun biror ishni tashlab qo‘ygan bo‘lsangiz, bugundan qoldirmay uni ado eting.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ishxonangizda yumushlar shu qadar ko‘payib ketadiki, oilangizdagilar bilan qo‘ng‘iroqlashishga vaqtingiz yetmasligi mumkin. Ayrimlarning yaqinlari bundan fojia yasamasalar bo‘lardi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun ertalabdan yangi bilimlarni egallashga, kasbingizning hali o‘zingizga ma’lum bo‘lmagan sirlarini o‘rganishga intiling.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
O‘zingiz bilan bir jamoada ishlaydigan hamkasblarning juz’iy kamchiliklarini payqasangiz, e’tibor bermaslikka harakat qiling.
Arslon (24.07 — 23.08)
Hamkasblar bilan ishxonada muloyim munosabatda bo‘ling. Ular tutayotgan ishdan ko‘nglingiz to‘lmasa-da, bildirmang. Sukut saqlashga harakat qiling.
Parizod (24.08 — 23.09)
Intellektni ish joyingizda ishga soling. Shunda to‘g‘riroq bo‘ladi. Shaxsiy hayotingizda esa qalbingizdan yaqin va ishonchli do‘st topa olmaysiz.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun yaqin insonlarga nisbatan yanada yaqinroq bo‘lishga harakat qiling. Qanchalar ish bilan band bo‘lsangiz ham baribir ular uchun bir daqiqa vaqt ajratsangiz, bundan yaxshisi bo‘lmaydi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Ishxonadagi eng murakkab vazifalarni bajarish sizning chekingizga tushishi kutiladi. Rahbarlar zimmangizga yangi loyiha yuklab qo‘yishi ham ehtimoldan xoli emas.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun qarama-qarshi jins vakil yo vakilalari bilan kechadigan munosabatlaringiz eng yuqori bosqichda bo‘ladi. Erkakmisiz, ayolmisiz, farqi yo‘q, bugun sizni izhorlar va takliflarga ko‘mib tashlashlari mumkin.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Beixtiyor adolatsizlik girdobida qolishingiz ehtimoli bor. Agar duch kelgan bilan tanishib ketavermasangiz, og‘zingizga kelgan gapni gapirib yuboravermasangiz, bu ko‘ngilsizlik sizni albatta chetlab o‘tadi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bo‘lmag‘ur, nafi kam xayollar, ishlardan yuz buring. Vaqtingizni behuda sarflaganingiz qoladi. Undan ko‘ra, foyda keltiradigan amallar sari intiling
Baliq (20.02 — 20.03)
Oila qurmaganlar bugun kun davomida bo‘lg‘usi jufti bilan iliq munosabatda bo‘lishadi. Demak, muhabbat izhorlariga keng yo‘l ochib, to‘y taraddudi ko‘rilaversa ham bo‘ladi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…