Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (22.07.2026)

2026-yilning 22-iyul, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Muhim ishlarga o‘ta kuchli mas’uliyat bilan yondashmasangiz, maqsadga erishishingiz mushkul bo‘lib qoladi. Bo‘lar-bo‘lmas ishlarga kuch ham, vaqt ham sarflab o‘tirmang.
Buzoq (21.04 — 21.05)
O‘z imkoniyatlarngiz, kuchingizga shubha nazari bilan qaramang. Moliyaviy muammolarni hal etishda har bir qadamni hisob-kitob bilan bosing.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Barcha ko‘zlagan maqsadlaringiz bugun kunning birinchi yarmida haqiqatga aylanadi. Biroq rejalaringizni o‘zingizdan bo‘lak hech kim bilan bo‘lishmang.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Har qanday sohada qobiliyatingiz, iste’dodingizni namoyish eta olish imkoniga egasiz. Sizni hech kim to‘xtata olmaydi, tanqid qila bilmaydi.
Arslon (24.07 — 23.08)
Yumushlarni ado etishda o‘ta xotirjam kayfiyatda bo‘lishingiz lozim. Faqat tajriba va bilimingizga suyaning.
Parizod (24.08 — 23.09)
Ishlaringiz rejadagidek kechadi. To‘g‘ri, olov tutunsiz bo‘lmaydi albatta. Yo‘lingizda ba’zi to‘siqlar ro‘baro‘ bo‘lsa, emotsiyani jilovlagan holda harakatlar sodir eting.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Shaxsiy hayotda ham, ishda ham omadingiz chopadigan bo‘lib turibdi. Daf’atan qaysidir tarafdan ko‘mak paydo bo‘ladi-yu, omadingizga omad qo‘shila boradi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda qiynalasiz, eski qadrdonlar bilan gaplashish istagi tug‘iladi, ammo buning ham imkonini topa bilmay asabiylashasiz. Yo‘q, asabiylashishdan foyda chiqmaydi. Boriga shukr qiling.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun faqat tekshiruvdan o‘tgan, sinalgan hamkorlar bilangina ish olib boring. Qarz-havolasiz kunni o‘tkazishga harakat qiling.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Erta tongdanoq favqulodda xizmat safariga jo‘nab ketishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun oldindan shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq rejalar tuzib ovora bo‘lmang.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Agar oilangizda iliq munosabatlarga asoslangan muhit yarata olsangiz, kayfiyatingiz ham, salomatligingiz ham joyida bo‘ladi. Faqat kechqurun toza havo sayrini unutmang.
Baliq (20.02 — 20.03)
Birovlarga o‘z muvaffaqiyatlarini ko‘z-ko‘z qilib maqtanishdan tiyilishingiz zarur. Aks holda nafaqat foydali energiyadan ayrilasiz, balki kissangiz pulsiz qolib ketishi mumkin.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…