Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (26.07.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 26-iyul, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Qancha ko‘p harakatda bo‘lsangiz, bo‘lmag‘ur xayollardan shuncha tez xalos bo‘la borasiz. Bu sizga hozir juda zarur.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Ayrim do‘stlarimiz xonadoniga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Oilalilarni jufti o‘z sadoqati bilan yana bir karra xursand qilmoqchi. Bu voqeadan keyin rashk va uning ortidan kuzatishni bas qilsangiz juda yaxshi bo‘lardi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
O‘zingizni isloh qiling. Tanigan-bilganlar ko‘z o‘ngida o‘ta agressiv odamga aylanib qolishingiz hech gap emas.

Arslon (24.07 — 23.08)
Qarindoshlar bilan munosabatlarda muloyim bo‘lishga intiling. Ayniqsa, yoshi sizdan ulug‘ bo‘lsa, albatta hurmat bajo aylang, kam bo‘lmaysiz.

Parizod (24.08 — 23.09)
O‘zingizga yoqqan xaridlarni amalga oshirishga imkon tug‘iladi. Agar quyosh tig‘ida uzoq vaqt qolib ketmasangiz, salomatligingiz ham sizga pand bermaydi.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Kimdir sizga yoqimli xabar yetkazishi mumkin. Bu ham mayli, kechqurun tanishlardan biri qo‘lingizga pul tutqazganda quvonchingiz bir olam bo‘lishini unutmang.

Chayon (24.10 — 22.11)
Faqat bugun moliyaviy muammolaringiz ijobiy hal bo‘lishda oqsay boshlashi mumkin. Bunga bo‘lar-bo‘lmas narsalarni xarid qilib tashlashingizgina sababchi bo‘ladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun bir umr havas va qaynoq mehr qo‘yib yashasangiz arziydigan insonni uchratasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Salomatlik haqida alohida qayg‘uring. Aks holda yaqin orada juda bo‘lmaganda shamollash orttirib olishingiz hech gap emas.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Duch kelgan odamga bugun sirlaringizni ayta ko‘rmang. Kechqurun yangi uyga ko‘chish yoki ro‘zg‘or anjomlari xarid qilish amallarini bajarishingiz mumkin.

Baliq (20.02 — 20.03)
Puldan tashvish chekmang, u bugun sizga bo‘lgan sadoqatini saqlab qoladi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version