Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (30.07.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 30-iyul, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun istaklaringizni bir nuqtaga jamlab, eng avvalo qay yumushni ado etish haqida yaxshilab o‘ylab olishingiz kerak. Bu ro‘zg‘ordagi yoki moliyaviy muammolardan iborat bo‘lishi mumkin.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Kuningiz yomon yotmaydi. Barcha ishlar reja bo‘yicha ketadi. Lekin ora-sirada sovuqqon lahzalarni ham boshdan kechirishingizga to‘g‘ri keladi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
25-iyul kuni tadbirkorlar o‘zi anchadan beri hamkorlik qilishni mo‘ljallab yurgan inson bilan uchrashishlari mumkin. Bu yo‘lda shubhalarga zinhor o‘rin bermang.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun dimog‘dorlik, o‘ta mag‘rur qiyofa sizga sira yaxshilik keltirmaydi. Kamtarlikdan qo‘ymasin. Aks holda yoqimsiz va xavfli vaziyatlarda qolib ketishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun o‘zgalar va’dasiga ishonib qolmang. Ishongingiz kelsa faqat o‘zingizga ishoning. Ertalabdan xayolni bir nuqtaga jamlab, aniq maqsadlar sari olg‘a bosavering.

Parizod (24.08 — 23.09)
Bugun parizod burji ostida tavallud topganlar yaqindagina tanishgan odamlarga ishonib ketavermasliklari tavsiya etiladi. Esda tuting, yaxshi tanimaganlarga ko‘ngilni keng ochib qo‘yish yaramaydi. Bu sizga ziyon yetkazib qo‘yishi mumkin

Tarozi (24.09 — 23.10)
Ish joyingizdagi yumushlarni ko‘ngildagidek ado etishda qalbingizgagina quloq tuting. U sizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi.

Chayon (24.10 — 22.11)
Kuningiz juda ko‘p chalkashliklardan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Qay ishga qo‘l urmang, mushkulotlar ko‘ndalang bo‘lib kuydirishi mumkin.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun aqlga suyangan holda shoshilmasdan ish boshlashingiz kerak. Ko‘r-ko‘rona harakatlar sodir etishingiz jiddiy xatoliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Ishda ham, shaxsiy hayotda ham siz haqsiz. Haq ekaningizga umuman shubha qilmang. Shunda kelajak poydevorini mustahkam qura boshlaysiz.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Moliyaviy sohada omadingiz chopishi kutilmoqda. Kun bo‘yi kimlardandir olgan qarzlarni ham uzasiz, oila uchun zarur ashyolar xarid qilasiz. Xullas, pulingiz ko‘p, belingiz baquvvat bo‘ladi

Baliq (20.02 — 20.03)
Kun baliq burji vakillari uchun hayajonli va bir jihatdan xavotirli boshlanishi mumkin. Har bir arzimas hodisa yoki gapni yurakka yaqin olavermasangiz, tushdan keyin vaziyat butkul o‘zgarishi aniq.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version