Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (10.08.2026)

Foto: Buxoroisharif.uz

2026-yilning 10-avgust, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Pul va manfaat taqdim etishi mumkin bo‘lgan ish va vaziyatlardan sira yuz o‘girmang, keyin armon qilib yurasiz. Bugun pul masalasida o‘ta faol bo‘lishga haqlisiz.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Bu dunyoda hamma narsa nisbiy ekanini unutmang. Bugun sizga faqat xotirjamlik va shirinsuxanlikkina yordam bera oladi. Moliyaviy ahvolingiz bugun ko‘ngildagidek kechadi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Gap mavqeni oshirish haqida ketganda, birdan yuqori cho‘qqilarni ko‘zlab qo‘ymang. Ishni puxta reja asosida, sokinlikda amalga oshiring. Shunda g‘alaba sizniki bo‘ladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Shaxsiy hayotda u qadar ichkarilab ketmang. Umr yo‘ldoshingizning istak va xohishlari bilan ham hisoblashing. Bugun birinchi navbatda jismoniy zo‘riqishlardan saqlaning.

Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun dala hovlida ter to‘kish, uyni ta’mirlash, yangi uy qurishni boshlash muvaffaqiyat keltiradi. Meva va sabzavotlardan ko‘proq iste’mol qilib, immunitetni ko‘tarishga harakat qiling.

Parizod (24.08 — 23.09)
Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, ehtiyotkorlikni qo‘ldan boy bermang. Kechqurun shaxsiy ish bilan noma’lum manzilga jo‘nashingiz kutiladi.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Ertalab uyqudan uyg‘ongach, uyingizni kapital ta’mirdan chiqarish haqida o‘ylab ko‘ring. Yoz bunday ishlar uchun ayni muddao.

Chayon (24.10 — 22.11)
Moliyaviy ahvolingiz faqat bankdan u qadar katta bo‘lmagan miqdorda kredit olsangizgina yaxshilanadi. Kechqurun safarga otlana boshlashingiz mumkin.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kuningiz ancha og‘ir o‘tadi. Kun davomida do‘stlar yoki qondoshlar bilan orangizda kelishmovchiliklar ko‘ndalang turishi mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Imkon bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida tabiat qo‘ynida dam olib qayting. Asablar tinchlanadi. Mehnat ta’tili haqida o‘ylab ko‘rsangiz ham bo‘ladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Moliyaviy ahvolingiz tamoman izdan chiqib ketgan taqdirda ham o‘zingizni qo‘lga oling. Jazavaga tushmang. Badavlat tanishlar bo‘lsa, o‘shalardan yordam olishga harakat qiling.

Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun baliq burji ostida tavallud topganlar negadir xayolparastroq ko‘rinishda bo‘lishlari mumkin. Dangasalik va apatiya ham bunga qo‘shilib sal holdan toydirishi mumkin. Og‘ir ishlarni boshqa kunga qoldiring.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version