Buxoro yangiliklari

Buxoro yoshlari medallar soni bo‘yicha ikkinchi bo‘ldi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro viloyatidan qatnashgan yoshlar kasbiy mahorat bo‘yicha respublika tanlovida medallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

Viloyat vakillari jami 13 ta medal — 3 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza sovrinni qo‘lga kiritdi.

Yutuqlar sartaroshlik, tikuvchilik, oshpazlik, kompyuter grafikasi, qurilish, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, payvandlash va santexnika yo‘nalishlarida qayd etildi.

Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan xalqaro kasbiy mahorat musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish uchun milliy terma jamoa shakllantiriladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version