Buxoro yangiliklari

Ko‘hna Rabotda elektr tarmoqlari yangilanmoqda

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

G‘ijduvon tumanidagi Xalqobod mahallasi Ko‘hna Rabot qishlog‘ida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida 77 ta temir-beton tayanch o‘rnatilib, 2,5 kilometr zamonaviy SIP kabel tortiladi. Shuningdek, quvvati 400 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Hozirda tayanchlarni o‘rnatish yakunlanib, havo tarmog‘i va transformatorni montaj qilish ishlari davom etmoqda.

Yangilanish elektr uzatishdagi yo‘qotishlarni kamaytirib, qishloq iste’molchilari uchun tarmoq barqarorligini oshirishi kutilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version