Buxoro yangiliklari
Buxoroda 340 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi

Buxoro viloyatida ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirish ishlari davom etmoqda. Yil boshidan buyon 1,5 trillion so‘mlik 35 mingdan ortiq hujjat ish yurituviga qabul qilingan.
Shundan 17 mingdan ziyod hujjat amalda bajarilib, 340,6 milliard so‘m undirildi.
Qarzdorlarning 318,9 milliard so‘mlik 790 ta mol-mulki xatlanib, elektron auksionga chiqarildi. Ularning bir qismi 16,7 milliard so‘mlik qarzdorlik evaziga undiruvchilarga topshirildi.
Ayni paytda qariyb 18 ming hujjat bo‘yicha ijro harakatlari davom etmoqda.