Buxoro yangiliklari

Buxoro AI startaplariga 300 ming dollar yo‘naltiriladi

Buxoro viloyatida sun’iy intellekt yo‘nalishidagi istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi hamkorlik tashabbusi boshlandi.

Kelishuv doirasida yoshlarning texnologik loyihalarini aniqlash, ular uchun akseleratsiya dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro mentor va investorlarni jalb etish rejalashtirilgan.

Hamkor tomon tomonidan Buxorodagi AI loyihalarini rivojlantirishga 300 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi belgilandi. Mablag‘lar yangi texnologik yechimlar yaratish va loyihalarni xalqaro bozorga olib chiqishga yo‘naltiriladi.

Tashabbus yoshlar uchun tajribali mutaxassislar bilan ishlash, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash va global startap ekotizimiga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version