Buxoro yangiliklari

Peshkuda bandlik bo‘yicha markaziy shtab ish boshladi

Peshku tumanining Zandani mahallasida aholi bandligini oshirish, oilalar daromadini ko‘paytirish va manzilli ijtimoiy ko‘makni kuchaytirishga qaratilgan markaziy shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shtab ishiga bank tizimi mutaxassislari jalb etildi. Ular hokim yordamchilari, mahalla raislari va mahalla bankirlari bilan birga xonadonlardagi ehtiyojlarni o‘rganadi.

Natijalarga ko‘ra fuqarolarni ish bilan ta’minlash, daromad keltiruvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy ko‘mak choralarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mahallalarning ixtisoslashuvini kuchaytirish va samarali tajribalarni kengroq joriy etishga e’tibor qaratiladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version