Buxoro yangiliklari
Kogondagi muhim yo‘l yangilandi

Kogon shahridagi “Temiryo‘lchi” mahallasida Zebiniso va Umid ko‘chalari, jumladan temiryo‘l kasalxonasiga olib boruvchi yo‘lning 500 metrlik qismi ta’mirlanib, asfalt qoplamasi yangilandi.
Yangilangan yo‘l mahalla aholisi, transport haydovchilari va mazkur yo‘ldan har kuni foydalanadigan fuqarolar uchun harakatni qulaylashtiradi.
Ta’mirlash ishlari hududdagi harakat xavfsizligi va yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.