Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (12.08.2026)

2026-yilning 12-avgust, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun chuqur-chuqur nafas olib, yoz mavsumidan ma’mnun bo‘lishingiz mumkin. Agar zarurat tug‘ilsa, yoqimli xaridlar qiling, tabiat qo‘yniga chiqib dam oling, yaqin do‘stlar bilan uchrashib suhbatlashing.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun sizning eng muhim azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylanishi mumkin. Ishda qanday vaziyatlarga tushishingiz o‘zingizga bog‘liq. Agar xush kayfiyat bilan ish boshlash nasib etsa, omadingiz kulgani o‘sha

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Eng kerak paytida kerakli joyda hozir bo‘la bilsangiz, ishni o‘z prinsiplaringiz bo‘yicha tashkil etsangiz, kuningiz faqat foyda olish bilan o‘tadi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Shaxsiy hayotda va ishda hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan sirlaringizni ochishingizga to‘g‘ri keladi. Busiz shaxsiy hayotingizda osudalik hukm surmasligi, ishda esa omad sizdan yuz o‘gira boshlashi mumkin.

Arslon (24.07 — 23.08)
Kunning birinchi yarmida kimlardir sizdan katta pul qarz so‘rab murojaat etishi kutiladi. Lekin katta miqdorda birovga qarz bera ko‘rmang. Ro‘zg‘oringizdan baraka qochishi hech gap emas.

Parizod (24.08 — 23.09)
Ayrimlar o‘zini juda baxtiyor his eta boshlaydi. Buning o‘z sababi bor albatata. Ular arazlashib qolgan suyukli insoni bilan bugun kunning birinchi yarmida yarashib olishadi.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Ishhonangizda eng aziz va hurmatli shaxsga aylanishingiz ehtimoldan xoli emas. Agar kimdir moddiy jihatdan yordam taklif qilsa, darrov rozi bo‘ling.

Chayon (24.10 — 22.11)
Siz uchun eng yorqin va yoqimli kunga aylanadi. Ayniqsa, shaxsiy hayotda quvonchli lahzalar hamrohingiz bo‘ladi. Kun davomida to‘laqonli dam olishni ixtiyor qilsangiz ham ziyon bo‘lmaydi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ish joyingizda ko‘p yillik tajribangizga suyangan holda yumushlarni ado etishga kirishing. Tajribangiz kamlik qilsa, yoshi ulug‘ hamkasblarga murojaat etsangiz ham uyat hisoblanmaydi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Ish ko‘paygandan ko‘payadi, atrofingizda haqiqiy hayot qaynaydi. Muhabbatda oila qurmaganlarning kuni tug‘adi. Ularning ba’zilari orzusidagi insonni uchratishi kutiladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ish joyingizda bugun vaziyat siz kutganchalik yoqimli kechmasligi mumkin. Ammo bunga e’tibor berib qolsangiz, ishlaringiz baroridan kelmaydi.

Baliq (20.02 — 20.03)
Muhim vaziyatlardan chetda qolishingizga yo‘l qo‘ymang. Mayda-chuyda ishlarni bajarishdan tiyiling.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version