Buxoro yangiliklari
Buxoroda 100 nafardan ortiq bola xorijlik ortoped ko‘rigidan o‘tdi

Hindistonning Fortis klinikasi ortoped shifokori Kumar Suprashant Buxorodagi tibbiyot muassasalari mutaxassislari bilan hamkorlikda bolalar uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazdi. Bu haqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialida tashkil etilgan ko‘rikda dispanser nazoratida turgan 100 nafardan ortiq ortopedik bemor tekshirilib, ularga tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi. Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlaridan ham o‘ndan ortiq bemor murojaat qilgan.
Uchrashuv yakunida Buxoro va Fortis klinikasi mutaxassislari hamkorlikni rivojlantirish, malaka oshirish hamda murakkab operatsiyalarni birgalikda o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldi.