Buxoro yangiliklari

Buxoroda kiberfiribgarlardan 113 million so‘m qaytarildi

Foto: Buxoroisharif.uz

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi kiberxavfsizlik xodimlari fuqaroning 113 million so‘mini qaytarishga erishdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Rasmiy xabarda mablag‘ kiberjinoyat bilan bog‘liq holat yuzasidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida egasiga qaytarilgani ma’lum qilindi.

Mutaxassislar fuqarolarga bank kartasi ma’lumotlari, tasdiqlash kodlari va akkaunt parollarini begonalarga bermaslikni, shubhali havolalarni ochmaslikni tavsiya etadi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version