Buxoro yangiliklari
Buxoroda gandbol bo‘yicha viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 17–30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi kubogi uchun gandbol musobaqasining Buxoro viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Bugun musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qizlar o‘rtasida Buxoro tumani birinchi, Kogon tumani ikkinchi va Shofirkon tumani uchinchi o‘rinni egalladi.
Yigitlar o‘rtasida Jondor tumani g‘olib bo‘ldi, G‘ijduvon tumani ikkinchi, Buxoro tumani uchinchi o‘rinni oldi.
Musobaqada yuqori natijalarni qayd etgan jamoalarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.