Kommunal xizmat

12-avgust kuni Buxoroning ayrim hududlarida gaz vaqtincha o‘chiriladi

12-avgust kuni gaz quvurlarini rejali ta’mirlash sababli Buxoro viloyatining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

BUXORO SHAHRI VA BUXORO TUMANI

Avshormahalla (Buxoro shahri) hamda Dilobod-Zafarobod (Buxoro tumani) mahallalari — 09:00 dan 18:00 gacha. Ta’mirlash 510 ta xonadon ta’minotiga ta’sir qiladi.

KOGON TUMANI

Navro‘z va Arabxona mahallalari — 08:00 dan 17:00 gacha. Ta’mirlash 535 ta xonadon ta’minotiga ta’sir qiladi.

BUXORO TUMANI

Sheyxoncha va Saxovat mahallalari — 08:00 dan 17:00 gacha. Ta’mirlash 432 ta xonadon ta’minotiga ta’sir qiladi.

Iste’molchilardan gaz jihozlari va kranlarini yopiq holatda saqlash so‘raladi. Gaz hidi sezilsa, elektr jihozlarini yoqmaslik, xonani shamollatish va 104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish lozim.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version