Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (13.08.2026)

2026-yilning 13-avgust, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Shaxsiy hayotda istaklaringizni haqiqatga aylantirish uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Kechqurun favqulodda safarga otlanishingiz mumkin. Salomatlikni asrang.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Professional kasbingiz bilan bog‘liq yumushlarni ado etishda aylanma yo‘llardan yurib ko‘rish haqida o‘ylab ham ko‘rmang. Bu sizga faqat qayg‘u, muammo hadya etadi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ishda o‘zgalar ko‘magiga suyanmang. Qanaqa yumush bo‘lsa, o‘zingiz qoyillata olasiz.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Hayotning har qanday jabhasida bugun yetakchilikka da’vo qilsangiz bo‘ladi. Yo‘llaringiz ochiq va ravon. Ishda ham juda qulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

Arslon (24.07 — 23.08)
Kunning birinchi yarmida o‘zingizni tutishingiz ba’zilarga yoqib tushmasligi mumkin. Lekin e’tibor qilmang. Mayli, tanqid qilishsin, ortingizdan g‘iybat qilishsin.

Parizod (24.08 — 23.09)
Me’yoridan ortiq darajada bo‘shashib ketishingiz tavsiya etilmaydi. Aks holda taqdirning eng noyob in’omlaridan quruq qolishingiz mumkin.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Agar yaqin do‘stingiz, suyukli insoningizga qo‘pollik qilgan bo‘lsangiz, biror masalada past ketgan bo‘lsangiz, darhol tavba qilishingiz kerak.

Chayon (24.10 — 22.11)
O‘zingiz hurmat qiladigan va sevadigan insonlarni atrofingizga to‘plagan holda kunni quvnoq o‘tkazishga harakat qiling. Chunki buguningiz yorqin tuyg‘ularga boy bo‘ladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Xususiy firma, kompaniyalarda ishlaydiganlar o‘zi bo‘lmaydi. Bugun ham ertalabdan to kechga qadar ter to‘kib ishlashingiz lozim bo‘ladi. Shunga yarasha katta pul olasiz.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Muhabbat frontida bugun pozitsiyangizni mustahkamlashingiz talab etiladi. Ikkilanishlar, qo‘rqishlar va hayajonlarga barham bering. Bugun qat’iy qarorlar chiqarish zarur bo‘ladigan kun.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun nafaqat atrofdagilar, balki vijdoningiz bilan ham kelishgan, yon bergan holda ish ko‘rishingiz kerak bo‘ladi. Mabodo kimnidir ranjitgan bo‘lsangiz, sababini qayta-qayta mulohaza qiling.

Baliq (20.02 — 20.03)
Ko‘ngilsizliklarni aylanib o‘tish uchun juda ehtiyotkorlik bilan qadam bosing. Arzimagan xatoga yo‘l qo‘yishingiz ham moddiy jihatdan ahvolingizni tanglashtirib qo‘yishi mumkin.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version