Buxoro yangiliklari

Afshonada 1,5 gektarlik etnoturizm shaharchasi barpo etilmoqda

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Buxoro viloyatining turistik salohiyatini oshirish va hududlarda yangi sayyohlik mahsulotlarini yaratish maqsadida Peshku tumanining Afshona qishlog‘ida barpo etilayotgan etnoturizm shaharchasidagi qurilish ishlari monitoring qilindi. Bu haqda Buxoro viloyati turizm boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

O‘rganishlar Turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi hamda Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorligida amalga oshirildi.

Monitoring davomida loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari, yaratilayotgan infratuzilma, bajarilgan ishlarning sifati va belgilangan rejalar ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mas’ullar Afshona qishlog‘ida etnoturizm shaharchasini bosqichma-bosqich shakllantirish hamda sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish yuzasidan zarur vazifalarni belgilab oldi.

Loyiha Abu Ali ibn Sinoning hayoti va u yashagan davrning qadimiy ruhini aks ettirishga qaratilgan. Shaharcha 1,5 gektar maydonda 22 ta lot asosida xorijiy va mahalliy investorlar ishtirokida barpo etilmoqda.

Yangi turistik majmuada yigirmadan ortiq xizmat turini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version