Buxoro yangiliklari

Kogon tumanida suv tejovchi texnologiyalar amaliy o‘rganildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Kogon tumanida suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni tejash masalalariga bag‘ishlangan amaliy tadbir tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Tadbir yuqori turuvchi tashkilot topshirig‘i asosida Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi, uning Kogon tumani bo‘limi hamda irrigatsiya tizimi vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

Davra suhbatida suvdan oqilona foydalanish, uning isrof bo‘lishining oldini olish, zamonaviy sug‘orish usullarini keng joriy etish va bu boradagi tajribalarni o‘zaro almashish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birida amalda ishlayotgan tomchilatib sug‘orish tizimini ham joyiga chiqib o‘rgandi. Tizimning suv sarfini kamaytirish va ekinlarni me’yorida sug‘orishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Suv resurslarini asrash va tejamkor texnologiyalarni ommalashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.

Suvni tejash — kelajakni asrashdir.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version