Jahon

Fransiyadagi o‘rmon yong‘inida minglab odamlar evakuatsiya qilindi

Fransiyaning Kap-Ferre yarimorolida yuz bergan yirik o‘rmon yong‘ini sabab minglab aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi.

Euronews ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in 22-iyul kuni Saumos yaqinida ehtiyotsizlik oqibatida boshlangan va qarag‘ayzorlar bo‘ylab tez tarqalgan. 24-iyulga kelib, alangalar 8 700 gektar hududni qamrab olgan.

Yong‘inni o‘chirishga 700 nafar o‘t o‘chiruvchi hamda maxsus suv tashuvchi samolyotlar jalb etildi. Kecha davomida 5 300 kishi evakuatsiya qilingan.

Rasmiy ma’lumotlarda qurbonlar qayd etilmagani, biroq 80 ta uy zarar ko‘rgani va shulardan 50 tasi vayron bo‘lgani aytiladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version