Buxoro yangiliklari

Jondor tumanida sanoat va xizmatlar sohasida o‘sish qayd etildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-sonli “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturining ijrosini tizimli va barvaqt tashkil etish to‘g‘risidagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jondor tumanida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 638,2 milliard so‘mni tashkil etdi va o‘sish sur’ati 107,2 foizga yetdi.

Korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan “Sanoat shtabi” tomonidan korxonalarda aniqlangan 27 ta muammo hal etildi.

Xususan, 7 ta korxonaga 3,4 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi, 4 ta korxonaning elektr ta’minoti yaxshilandi, 9 ta korxonaning omborlaridagi mahsulotlarni sotishga ko‘maklashildi.

Yana 7 ta boshqa muammo ham ijobiy hal etildi.

Xizmatlar hajmi 802,1 milliard so‘mni tashkil etdi, o‘sish sur’ati esa 112,6 foizga yetdi.

Mazkur ko‘rsatkichlar Jondor tumanida sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ko‘rsatmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version