Buxoro yangiliklari
Buxoro tumanida noqonuniy qurilish chiqindisi tashlagan fuqaro jarimaga tortildi

Buxoro tumanida o‘tkazilgan nazorat reydida fuqaro A.V. tomonidan belgilanmagan hududga qurilish chiqindilari tashlangani aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Qonunbuzarlik yuzasidan fuqaro A.V.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi 3-qismi bo‘yicha 20 million 600 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Huquqbuzarlik sodir etishda foydalanilgan avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Fuqaro tomonidan tashlangan qurilish chiqindilari to‘liq yig‘ishtirib olindi, hudud asl holatiga keltirildi.
Ekologiya boshqarmasi atrof-muhitni asrash har bir fuqaroning burchi ekanini eslatib, chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlashga chaqirdi.