Buxoro yangiliklari
Jondor tuman poligonida rekultivatsiya ishlari olib borildi

Jondor tumanidagi chiqindilarni joylashtirish poligonida hududni ekologik jihatdan tartibga keltirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida rekultivatsiya ishlari amalga oshirildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Mazkur ishlar doirasida poligon hududi tekislandi, chiqindilar tartibga keltirildi hamda hududni kelgusida ekologik xavfsiz holatga qaytarishga qaratilgan chora-tadbirlar bajarildi.
Rekultivatsiya ishlari atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproq va yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda hudud ekologik holatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.