Buxoro yangiliklari
Buxoro tumanidagi Chavandozlar maktabida 37 ta sport oti parvarishlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Chavandozlar maktabi Buxoro tumani hududida joylashgan, ot sportiga ixtisoslashtirilgan zamonaviy sport maskanidir. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Maktabda chavandozlikning konkur, polo, uchkurash, ko‘pkari, ot ustida kurash va tentpegging yo‘nalishlari bo‘yicha malakali hamda tajribali o‘qituvchi-trenerlar tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi.
Bugungi kunda maktabda 37 bosh sport oti mavjud. Ular orasida qorabayir, gannover, axalteki va poni zotlariga mansub otlar bor.
Ot sportiga qiziquvchilar, chavandozlik mahoratini oshirishni istaganlar yoki farzandini ushbu sport turiga jalb qilmoqchi bo‘lganlar uchun qo‘shimcha ma’lumot telefoni: +998 88 005 05 09.