Jahon
Indoneziyadagi 7,7 magnitudali zilzilada kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning sharqida 7,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berib, kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Yer silkinishi 15-avgust kuni erta tongda Flores orolining shimolida sodir bo‘lgan. Binolar qulagach, aholi vahima ichida ko‘chalarga chiqqan.
Dastlab sunami xavfi haqida ogohlantirish e’lon qilingan, biroq keyinchalik bekor qilingan. Indoneziya meteorologiya, iqlimshunoslik va geofizika agentligi dengiz sathida qirg‘oq hududlariga xavf tug‘diradigan sezilarli ko‘tarilish qayd etilmaganini bildirdi.
Qutqaruv xizmati ma’lumotiga ko‘ra, olti kishi jarohatlangan, yana ikki kishi vayronalar ostida qolmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, takroriy yer silkinishlari hamon kuzatilmoqda.
Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligi Nagekeo okrugida qariyb 2 ming kishi mustaqil ravishda xavfsiz hududlarga ko‘chganini ma’lum qildi. Zilzila Sharqiy va G‘arbiy Nusa-Tenggara hamda Janubiy Sulavesining qator hududlarida sezilgan.