Buxoro yangiliklari

Qorovulbozordagi “Cho‘lquvar” mahallasida ikkita sport maydonchasi barpo etildi

Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Qorovulbozor tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” tamoyili asosida aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Ayniqsa, aholi salomatligini mustahkamlash, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish va mahallalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan loyihalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shunday amaliy ishlardan biri tumanning “Cho‘lquvar” mahallasida amalga oshirildi. Mahallaning “Buyuk ipak yo‘li” ko‘chasida aholi, xususan, yoshlar uchun mo‘ljallangan ikkita zamonaviy sport maydonchasi barpo etildi.

Yangi sport inshootlari mahalla aholisi uchun yana bir qulay imkoniyat eshigini ochdi. Endi yoshlar va sportga qiziquvchi fuqarolar bo‘sh vaqtlarini mahallaning o‘zida mazmunli o‘tkazib, muntazam ravishda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version