Buxoro yangiliklari
Buxorolik 18 nafar stol tennischisi respublika bosqichiga yo‘l oldi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha Buxoro viloyati bosqichi yakunlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Musobaqada ishtirokchilar 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh toifalarida o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun murosasiz bahs olib bordilar.
Viloyatning tuman va shaharlaridan kelgan 78 nafar yigit-qiz g‘oliblik uchun kurashdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 18 nafar yosh respublika bosqichida Buxoro viloyati sharafini himoya qiladi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va jismoniy tayyorgarligini namoyon etib, munosib natijalarni qayd etdilar.